Lotindan kirillga oʻgirish
Lotin yozuvidagi oʻzbekcha matnni kirill alifbosiga tez va aniq oʻgiring.
Lotindan kirillga oʻgirish murakkabroq: «sh» va «s’h», «yo» va «yoʻ», soʻz boshidagi «e» kabi holatlarni Alifly avtomatik farqlaydi.
Rus oʻzlashmalari uchun lugʻat ishlatiladi: militsiya → милиция, stansiya → станция, kompyuter → компьютер, yanvar → январь. Inglizcha soʻzlar (Microsoft, Word) va rim raqamlari oʻzgarishsiz qoladi.
Word, Excel va PowerPoint fayllarini oʻgirish
Formatlash, jadvallar, rasmlar va formulalar oʻz holicha saqlanadi — faqat matn oʻgiriladi.
Fayllarni shu yerga tashlang
yoki kompyuterdan tanlang
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT, MD · Maksimal hajm: 20 MB · kuniga 10 ta fayl
Fayllaringiz faqat qayta ishlash vaqtida saqlanadi va yuklab olishingiz bilan serverdan butunlay oʻchiriladi. Yuklab olinmasa 60 daqiqadan soʻng oʻchiriladi. Eski .doc va .xls fayllarni avval Word/Excel’da .docx/.xlsx qilib saqlang.
Word va Excel uchun Alifly plagini
Plaginni oʻrnating — Word va Excel yuqori menyusida «Alifly» boʻlimi paydo boʻladi. Belgilangan matnni yoki butun hujjatni stillarni buzmasdan oʻgiring.
- Bitta tugma bilan butun hujjat
- Stillar va joylashuv saqlanadi
- Excel formulalariga tegmaydi
- Bir bosishda bekor qilish
Oʻzbek alifbolari: kirill, lotin va yangi alifbo
Uchala yozuvning harflari bir jadvalda. Yangi alifbo OʻRQ-1184-son qonun bilan 2026-yil 21-oktabrda tasdiqlangan va 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
- Yangi alifboda «sh», «ch», «oʻ», «gʻ» bitta harf bilan yoziladi: Ş, Ç, Ö, Ğ.
- Amaldagi lotin yozuvida s va h alohida oʻqilsa, orasiga tutuq qoʻyiladi: Isʼhoq. Yangi alifboda bunga ehtiyoj yoʻq: Ishoq.
| Kirill | Amaldagi lotin | Yangi alifbo |
|---|---|---|
| Ғ ғ | Gʻ gʻ | Ğ ğ |
| Ў ў | Oʻ oʻ | Ö ö |
| Ш ш | Sh sh | Ş ş |
| Ч ч | Ch ch | Ç ç |
Koʻp beriladigan savollar
Yangi oʻzbek alifbosi qanday?
2026-yil 21-oktabrda imzolangan OʻRQ-1184-son qonunga koʻra lotin alifbosidagi Sh, Ch, Oʻ, Gʻ harf birikmalari Ş, Ç, Ö, Ğ harflari bilan almashtiriladi, Ng alifbodan chiqariladi. Alifbo 28 harf va tutuq belgisidan (ʼ) iborat. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
Word fayldagi formatlash buziladimi?
Yoʻq. Alifly faqat matn qismlarini oʻgiradi: shriftlar, ranglar, jadvallar, rasmlar, sarlavhalar, sahifa tuzilishi va Excel formulalari oʻz holicha qoladi.
Fayllarim serverda saqlanadimi?
Yoʻq. Fayl faqat qayta ishlash vaqtida turadi va siz yuklab olishingiz bilan butunlay oʻchiriladi. Yuklab olinmagan fayllar ham belgilangan vaqtdan keyin avtomatik oʻchiriladi.
Qanday fayllarni oʻgirish mumkin?
DOCX, XLSX, PPTX, TXT, CSV, SRT va MD. Eski .doc/.xls fayllarni Word yoki Excel’da «Boshqacha saqlash» orqali .docx/.xlsx qilib oling.
Plagin qaysi Office versiyalarida ishlaydi?
Office 2010, 2013, 2016, 2019, 2021, 2024 va Microsoft 365 (32 va 64-bit) — barchasida yuqori menyuda «Alifly» boʻlimi chiqadi. Oʻgirish internetsiz ishlaydi.
Xizmat bepulmi?
Ha, asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obuna kattaroq fayllar, koʻproq kunlik limit va plaginning barcha imkoniyatlarini beradi.
Apostrof uchun qaysi belgi ishlatiladi?
Rasmiy standart boʻyicha oʻ va gʻ uchun ʻ (U+02BB), tutuq belgisi uchun ʼ (U+02BC). Sozlamalarda ‘ ’ yoki oddiy ' belgisini ham tanlashingiz mumkin.
Hujjatlaringizni hoziroq oʻgiring
Roʻyxatdan oʻting va kattaroq fayllar, tarix va shaxsiy istisno soʻzlar roʻyxatidan foydalaning.
Roʻyxatdan oʻtish