Konvertor
Alifly

Word va Excel uchun Alifly plagini

Hujjatdan chiqmasdan kirill, lotin va yangi alifbo oʻrtasida oʻgiring. Plagin Word va Excel yuqori menyusida alohida «Alifly» boʻlimini qoʻshadi.

Windows uchun yuklab olish

Windows 10/11Versiya 1.0.25 marta yuklab olinganHozircha barcha imkoniyatlar bepul

Oʻrnatish

  1. 1«Alifly-Setup.exe» faylini yuklab oling va ishga tushiring. Windows ruxsat soʻrasa — «Ha».
  2. 2Word va Excel yopiq boʻlishi kerak — oʻrnatuvchi buni tekshiradi.
  3. 3Word yoki Excel’ni oching: yuqori menyuda «Bosh sahifa»dan keyin «Alifly» boʻlimi paydo boʻladi.
  4. 4Matnni belgilang va «Kirill → Lotin» kabi tugmani bosing. Hech narsa belgilanmasa butun hujjat oʻgiriladi.

Windows «Noma’lum nashriyotchi» deb ogohlantirsa: «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish» tugmasini bosing.

Imkoniyatlar

  • Belgilangan qism yoki butun hujjat/varaq/kitobni oʻgirish
  • Har bir harfning formati saqlanadi; kolontitul, jadval va matn maydonlari ham oʻgiriladi
  • Excel’da formulalar va raqamlarga tegilmaydi, varaq nomlarini ham oʻgirish mumkin
  • Matn oynasi, qoʻllanma va alifbo jadvali — Word’dan chiqmasdan
  • Word’da butun oʻgirish bitta Ctrl+Z, Excel’da «Bekor qilish» tugmasi
  • Internetsiz ishlaydi; hisobingiz bilan bogʻlansa Pro va istisno soʻzlar sinxronlanadi

Talablar

  • Microsoft Office 2010, 2013, 2016, 2019, 2021, 2024 yoki Microsoft 365 (32 va 64-bit)
  • Windows 7, 8, 10 yoki 11
  • .NET Framework 4.5 yoki yangisi (Windows 8/10/11’da oʻrnatilgan)

Versiyalar tarixi

Versiya 1.0.2

  • Plagin oʻrnatuvchisi yangi koʻrinishda (klaviatura oʻrnatuvchisi kabi), administrator huquqi shart emas
  • Word va Excel'da «Alifly» boʻlimi menyuning oxirida turadi

Versiya 1.0.1

  • Oʻrnatuvchilar versiyali nom bilan (Alifly-Setup-1.0.1.exe, Alifly-Klaviatura-Setup-1.0.1.exe)
  • Word/Excel plagini yangi versiya chiqqanda eslatadi (klaviatura dasturida bu avvaldan bor)
  • Yuklab olishlar soni mahsulot boʻyicha hisoblanadi

Versiya 1.0.0

  • Birinchi versiya: istalgan Windows dasturida yozish vaqtida yangi alifboga oʻgirish (sh → ş, ch → ç, oʻ → ö, gʻ → ğ)
  • Tutuq belgisi: harfdan keyingi apostrof ʼ ga aylanadi (aʼlo, maʼno); Backspace oʻgirishni bekor qiladi
  • Rejimlar (Avtomatik, Har doim, Oʻchiq), Windows bilan ishga tushirish va kuniga bir marta yangilanishni tekshirish